Markaz maʼsullari Samarqand viloyatida sayyor qabul oʻtkazdi

03.10.2024 449

Markaz maʼsullari Samarqand viloyatida sayyor qabul oʻtkazdi

 

Xabar berganimizdek, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori oʻrinbosari Nozim Berdiyev boshchiligidagi ishchi guruh Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli koʻrsatmasiga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslar bilan joylarda sayyor qabullar oʻtkazib kelmoqda. Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Samarqand viloyatida boʻlib oʻtdi.

Unda muammolari hal boʻlmaganligi sabab takror murojaat yoʻllagan SEEM "Samarkand England Eco - Medical" (infuzion eritmalar, tabletkalar va kapsula shakldagi dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan) qoʻshma korxonasi hamda "Optima Sobirjon" (nitril hamda rezina tibbiy qoʻlqoplar ishlab chiqaruvchi) MCHJ vakillari bilan uchrashildi.

Muloqotda korxona mahsulotlarini roʻyxatdan oʻtkazishdagi muammolar boʻyicha takliflar va murojaatlar tinglanib, ishlab chiqaruvchilarga qonunda belgilangan tartibda vakolat doirasida amaliy yordam koʻrsatish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida texnologik talablarga toʻliq rioya qilish, xomashyo sifati va mahsulot xavfsizligini taʼminlash hamda sotuvga chiqarilishidan oldingi barcha jarayonlar nazoratga olinishi muhimligi tushuntirildi.